★ Dasturchilar uchun

Telegram Stars API

Telegram Stars va Premium’ni o‘z botingiz, do‘koningiz yoki ilovangizda soting. Bitta HTTPS API, StarKerak bot va sayt bilan umumiy balans.

Avtomatik yetkazishko‘p buyurtmalar bir necha daqiqada
Username tekshiruvito‘lovdan oldin
Ochiq narxsayt va API’da bir xil
Ochiq reyestrhar buyurtmaga TxId

API nima qiladi

  • POST /api/v1/check-username — qabul qiluvchini tekshirish va qisqa muddatli verification token olish
  • POST /api/v1/stars/buy va /api/v1/premium/buy — buyurtma yaratish (Idempotency-Key majburiy)
  • GET /api/v1/order/{id} va /api/v1/orders — holat va tarix
  • GET /api/v1/prices, /api/v1/account, USD hamyon va USDT invoyslar

Autentifikatsiya X-API-Key sarlavhasi orqali. Kalitlar kabinetda yaratiladi va o‘zingiz bekor qilmaguncha muddati tugamaydi.

Production uchun tayyor

Har bir buyurtma sizning Idempotency-Key’ingiz bilan keladi — qayta yuborishda pul ikki marta yechilmaydi. Username tekshiruvi mavjud bo‘lmagan akkauntga to‘lovning oldini oladi. Limit — har bir kalit uchun soniyasiga 10 so‘rov.

Barcha buyurtmalar USD balansdan (currency=USD; UZS yuborilsa ham USD deb olinadi). max_usd bilan narx chegarasini qo‘ying.

Shaffoflik

Har bir bajarilgan buyurtma PayStars ochiq reyestrida TxId bilan qayd etiladi — siz ham, mijozingiz ham yetkazilganini mustaqil tekshira oladi.

Fragment narxi, 0% (sayt orqali 5%)

API kalit bilan USD balansdan berilgan buyurtmalar Fragment’dagi joriy narxning o‘zida (0%; sayt orqali 5%) hisoblanadi. Narxni POST /usd/quote bilan oldindan oling va max_usd bilan cheklang. Batafsil — Fragment API sahifasida.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Sinov (sandbox) rejimi bormi?

Integratsiya paytida kichik real buyurtmalar (50 Stars) bilan sinang; idempotency kaliti qayta urinishlarni xavfsiz qiladi.

Qaysi dasturlash tillari?

HTTPS ishlaydigan har qanday til. Python, Node.js va PHP misollarini ko‘ring.

API kalitlarning muddati tugaydimi?

Yo‘q. Kabinetda bekor qilmaguningizcha amal qiladi.

Dollarda to‘lash mumkinmi?

Ha — USD balansni USDT (TON, BEP20 yoki TRC20) bilan to‘ldiring va currency=USD yuboring.

Buyurtma berishga tayyormisiz?

Telegram orqali kiring — StarKerak balansingiz saytda, WebApp’da va API orqali ishlaydi.